Milan Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatida kutilganidan uzoqroq qolishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, mavsum yakunida “Milan” rahbariyati futbolchiga shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Amaldagi kelishuv 2026 yil yozigacha mo'ljallangan bo'lib, uni bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.
Ta'kidlanishicha, Modrich ham jamoadagi hayotidan mamnun, biroq kelajagi bo'yicha hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Bu mavsum A Seriyada 22 uchrashuvda maydonga tushgan Modrich 1 gol urdi va 3 assist qayd etdi. U milanliklar safida 2025 yil yozidan beri to'p surib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing