Luis Enrike Dembele tanqidiga keskin javob berdi

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Renn"ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin Usmon Dembele aytgan keskin fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi Liga 1 doirasidagi safar uchrashuvida 1:3 hisobida yutqazdi. Final hushtagidan so‘ng Dembele jamoada o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatning asosi bo‘lgan birlik yo‘qolgandek tuyulayotganini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Enrike esa qat’iy pozitsiyasini yashirmadi: u hech qachon futbolchining o‘zini klubdan ustun qo‘yishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. Murabbiy jamoa uchun mas’uliyatni shaxsan o‘zi zimmasiga olishini, bu borada na prezident, na sport direktori javobgar ekanini eslatdi. Shuningdek, u Dembele so‘zlarini mag‘lubiyatdan keyingi hissiyotlar ta’siri deb baholadi.
Qayd etish joiz, juma kungi bahsda "PSJ"ning yagona golini ham aynan Usmon Dembele urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!