Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida seshanba kuni “Shanxay Shenxua” (Xitoy) “Matida Zelviya” (Yaponiya)ni qabul qildi. Leonid Slutskiy jamoasi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi vaziyatini yanada og‘irlashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda mehmonlar tezkor gol urdi: 3-daqiqada Yuki Soma hisobni ochdi. O‘yin yakunida esa aynan u 88-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi.
Bu mag‘lubiyatdan keyin “Shanxay Shenxua” umumiy bosqichning yetti turida atigi 4 ochko to‘plagan holda pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy xitoylik klubni 2023 yil oxirida qabul qilib olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing