date

Jikiya maoshdagi muammo sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Jikiya maoshdagi muammo sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi Turkiyadagi hayotdan umuman olganda mamnun, biroq noyabrdan beri maosh kechiktirilayotgani Jikiyani norozi qilmoqda. Shu sabab u Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi Legalbet.

32 yoshli himoyachi o‘tgan yozda “Antalyaspor” safiga qo‘shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 o‘yinda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya maoshdagi muammo sabab klubini o‘zgartirishi mumkin