date

Ronaldu navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishga qaror qildi

Ronaldu navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan o'yinda ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida jamoasining so'nggi ikki bahsini o'tkazib yuborgandi. Endi esa u maydonga qaytish bo'yicha yakuniy qarorga keldi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Ronaldu shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda o'ynashga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga o'yin bo'lib o'tadigan El-Hasaga ham yetib borgan.

Bahs 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishga qaror qildi