Jezush Ronaldu navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchining tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan chetda qoladi.
Jezushning so'zlariga ko'ra, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilingan. Murabbiy buning sababi sifatida oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.
Shuningdek, Jezush Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda tez-tez ishtirok etmasligi yangilik emasligini, bunday holat avval ham bir necha bor kuzatilganini qayd etdi. Murabbiyning fikrlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!