Manchester Yunayted Ryuersonni o'ng qanot himoyasi uchun kuzatmoqda

O'ng qanot himoyasida Diogu Dalot va Nussayr Mazraui variantlariga ega bo'lsa-da, «Manchester Yunayted» bu pozitsiyani kuchaytirish ustida ishlamoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, klub transfer bozorida yangi nomzodlarni faol o'rganmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Dalot joriy mavsum APLda 21 o'yinda startda maydonga tushganiga qaramay, uning «Old Trafford»dagi uzoq muddatli kelajagi hanuz aniq emas. Bunga bir tomondan Madridning «Real» klubi himoyachiga qiziqish bildirayotgani, boshqa tomondan esa yangi shartnoma Diogu maoshining sezilarli oshirilishini talab qilishi sabab bo'lmoqda.
«MYU» skautlari esa so'nggi uchrashuvlarda Dortmundning «Borussiya»si safida porlagan Yulian Ryuersonning o'yinidan ijobiy taassurot oldi. Norvegiyalik futbolchi faqat o'ng qanot himoyachisi emas — u butun qanotni yopishi, zarurat bo'lsa vinger sifatida ham harakat qilishi mumkin. 28 yoshli terma jamoa a'zosi klub bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolagan va uning transferi 40 million yevrodan arzon bo'lmasligi aytilmoqda. Ryuerson bu mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yinda 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!