Jek Grilish jarohatidan kutilganidan tezroq tiklanmoqda

"Everton" yarim himoyachisi Jek Grilish mavsum yakuniga qadar safdan chiqqaniga qaramay, jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanish jarayoni haqida ijobiy ma'lumot berdi. Angliyalik futbolchi reabilitatsiya ishlari kutilganidan ko'ra tezroq va yaxshiroq natija berayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirda ijara asosida "Everton" sharafini himoya qilayotgan "Man Siti" a'zosi yanvar oyida oyog'idan jiddiy jarohat olgan edi. Shundan so'ng u uzoq muddatga safdan chiqdi va jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi.

Grilish o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, o'zini juda yaxshi his qilayotganini va maydonga qaytish uchun bor kuchini sarflayotganini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, shifokorlar ham tiklanish sur'atidan mamnun.
Ushbu yangilik "Everton" muxlislari uchun katta dalda bo'ldi, chunki jamoa mavsumning qolgan qismida tajribali yarim himoyachi xizmatidan foydalana olmaydi. Grilishning tezroq safga qaytishi kelgusi mavsumga tayyorgarlik uchun muhim ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!