Kvaratsxeliya yetakchi: PSJ futbolchilariga qoʻyilgan baholar maʼlum qilindi

1 daqiqa o'qish382
Kvaratsxeliya yetakchi: PSJ futbolchilariga qoʻyilgan baholar maʼlum qilindi

Yevropa futbolida katta shov-shuvga sabab boʻlgan bahsdan keyin L’Equipe PSJ futbolchilarining oʻyindagi harakatlariga baholarini eʼlon qildi. Parijliklar "Bavariya" ustidan 5:4 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, barcha futbolchilar bir xil darajada baholanmadi.

Eng yuqori baho jamoa yetakchilaridan biri — Xvicha Kvaratsxeliyaga berildi. U 9 ball bilan uchrashuvning eng samarali va faol futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Uning maydondagi harakatlari, hujumdagi xavfli epizodlari va tezligi raqib himoyasi uchun katta muammo tugʻdirgani qayd etildi.

Darvozabon Matvey Safonov esa 5 ball bilan baholandi. Uning oʻyini barqaror deb topilgan boʻlsa-da, ayrim vaziyatlarda ishonchsiz harakatlar koʻzga tashlangan.

Himoya chizigʻida esa jiddiy muammolar kuzatildi. Jumladan, Markinos, Vilyan Pacho va Nunu Mendesh 3 ball bilan eng past bahoni oldi. Bu esa parijliklar himoyasida jiddiy kamchiliklar boʻlganini koʻrsatadi.

Qolgan futbolchilarning natijalari ham eʼlon qilindi:
— Ashraf Hakimi — 5 ball
— Uorren Zair-Emeri — 7 ball
— Vitinya — 5 ball
— Joau Nevesh — 7 ball
— Dezire Due — 6 ball
— Usmon Dembele — 8 ball

Qisqasi, “PSJ” gʻalaba qozongan boʻlsa-da, oʻyindagi mukammallikdan hali uzoq. Hujumda samaradorlik yuqori, lekin himoyada jiddiy savollar bor. Endi javob oʻyinida aynan shu kamchiliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?