Turkiya va Rossiya Akkuyu AES loyihasini moliyalashtirishni yakunladi

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar mamlakatning birinchi atom elektr stansiyasi bo'lmish "Akkuyu" qurilishida Rossiya bilan hamkorlikda hech qanday muammo yo'qligini ma'lum qildi. Loyiha reja asosida amalga oshirilmoqda va dastlabki ikki energoblokni qurish uchun zarur bo'lgan moliyaviy mablag'lar to'liq ta'minlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirda stansiyaning birinchi energoblokini sinov rejimida ishga tushirish 2026-yilning sentyabr yoki oktyabr oylariga rejalashtirilgan. Rossiyaning "Rosatom" korporatsiyasi tomonidan barpo etilayotgan ushbu obyekt har biri 1200 MVt quvvatga ega bo'lgan to'rtta zamonaviy energoblokni o'z ichiga oladi.
Shuningdek, Turkiya hukumati Sinop provinsiyasida ikkinchi AES qurish masalasini ham ko'rib chiqmoqda. Ushbu loyihada Rossiya ishtirok etishga qiziqish bildirgan bo'lsa-da, Anqara Xitoy, Janubiy Koreya va Kanada kabi davlatlarning takliflarini ham o'rganmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!