Oppo Find X9 Ultra smartfoni 1300 dollardan sotuvga chiqdi

Oppo kompaniyasi yangi Find X9 Ultra smartfonini 1300 dollar narxda sotuvga chiqardi. Qurilma 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega, yuqori darajadagi versiyasi esa 16 GB tezkor va 1 TB xotira bilan 1600 dollar baholangan. Smartfon 6,78 dyuymli OLED-dispay, Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va 7050 mAh akkumulyatorga ega bo'lib, 100 W simli va 50 W simsiz tezkor quvvatlanishni qo'llab-quvvatlaydi. Asosiy e'tibor kamera tizimiga qaratilgan bo'lib, u 200+50+200+50 megapikselli to'rt sensorni o'z ichiga oladi.
Xitoyning «Oppo» kompaniyasi o'zining yangi flagmani — «Find X9 Ultra» smartfonini xalqaro bozorga chiqardi. Qurilmaning boshlang'ich narxi 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega talqin uchun 1300 dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yuqori darajadagi 16 GB tezkor va 1 TB xotirali versiya esa 1600 dollarga baholangan.
Smartfon 6,78 dyuymli OLED-displey bilan jihozlangan bo'lib, uning tasvir aniqligi 3168 x 1440 pikselga, yangilanish chastotasi esa 144 Gts ga teng. Qurilma unumdorligini «Snapdragon 8 Elite Gen 5» protsessori ta'minlaydi.
Shuningdek, gadjet 7050 mAch sig'imli akkumulyatorga ega bo'lib, 100 Vt quvvatli simli va 50 Vt quvvatli simsiz tezkor quvvatlanishni qo'llab-quvvatlaydi.
Asosiy e'tibor kameraga qaratilgan: qurilma 200+50+200+50 megapikselli to'rtta sensorli tizimga ega. Unda «Sony» va «OmniVision» datchiklari, jumladan, 3 va 10 karra zumli periskoplar o'rnatilgan.
Smartfon 20 karra optik sifatli va 120 karra raqamli zum imkoniyatini taqdim etadi. Qurilma «Android 16» bazasidagi «ColorOS 16» qobig'ida ishlaydi.































Izohlar 0
…