date

Ronaldu qaytdi va gol urib buni nishonladi

Ronaldu qaytdi va gol urib buni nishonladi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytgan o‘yinini gol bilan bezadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda ishtirok etmagandi, biroq qaytishi bilan darrov o‘z so‘zini aytdi: u “Al-Fateh” darvozasini 18-daqiqadayoq ishg‘ol qildi. Bellashuv “Al-Nasr”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindan ko‘p o‘tmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ham fikr bildirdi: “Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak”, — deb yozdi u.

Ar-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Al-Hilol”dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qaytdi va gol urib buni nishonladi