Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u ro'yxatdan joy olmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligi bilan izohladi.
Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangi holat emasligini ham ta'kidladi.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!