date

Ronaldu qaytdi va darhol gol urib munosabat bildirdi

Ronaldu qaytdi va darhol gol urib munosabat bildirdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytganini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda qatnashmagan edi. Biroq qaytishi bilan darrov o'zini ko'rsatdi: u "Al-Fateh" darvozasini 18-daqiqada ishg'ol qildi. Bahs "Al-Nasr"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindan ko'p o'tmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda "Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak", deya yozdi.

Ar-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Al-Hilol"dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qaytdi va darhol gol urib munosabat bildirdi