Arbeloa Mbappeni maydonga tushirmaslik sababini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligada «Real Sosyedad»ga qarshi shanba kungi uchrashuvda Kilian Mbappeni maydonga tushirmagani bo‘yicha fikr bildirdi. Poytaxt klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, jamoaning eng sermahsul hujumchisi o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan kuzatdi va almashtirish orqali ham maydonga chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arbeloaning ta’kidlashicha, Mbappening holati yaxshi. Murabbiy «u seshanba kuni «Benfika»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi, bugun esa sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamadik», dedi.
«Qirollik klubi»ning «Benfika» bilan navbatdagi uchrashuvi Lissabonda Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 25-fevral kuni «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!