date

Jezush Ronalduni yaqin o'yin uchun dam oldirmoqda

Jezush Ronalduni yaqin o'yin uchun dam oldirmoqda

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham tarkibda bo'lmaydi.

“Jadval juda tig'iz. Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o'yin bor”, — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Mutaxassis Ronalduga dam berish yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi: yulduz futbolchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarda avval ham qatnashmagan.

Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni yaqin o'yin uchun dam oldirmoqda