date

Karrik davrida Mauntning kelajagi savol ostida qolmoqda

Karrik davrida Mauntning kelajagi savol ostida qolmoqda

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Meyson Mauntning klubdagi kelajagi hozircha aniq emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

27 yoshli futbolchi Maykl Karrik qoʻllayotgan tizimda asosiy tarkibdan joy olishda qiynalmoqda. Bunga sabab — «oʻnlik» pozitsiyasi jamoaning yetakchisi va sardori Bruno Fernandesh tomonidan band qilingan. Angliya OAVlariga koʻra, «qizil iblislar» Mauntni taxminan 20 million funt (23 million yevro) atrofida sotish variantini ham koʻrib chiqishi mumkin.

Transfermarkt portali esa yarimhimoyachining narxini bundan yuqoriroq — 32 million yevroga baholagan. «Chelsi»ning sobiq futbolchisi bilan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha moʻljallangan, unda yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karrik davrida Mauntning kelajagi savol ostida qolmoqda