Ronaldu qaytdi va gol bilan ijtimoiy tarmoqqa chiqdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytganini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda qatnashmagandi, biroq qaytishi bilan darrov o'zini ko'rsatdi: u «Al-Fateh» darvozasini 18-daqiqadayoq ishg'ol qildi. Uchrashuv «Al-Nasr»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yindan so'ng 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda qisqa fikr qoldirdi: «Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak», — deb yozdi u.
Ar-Riyod klubi Saudiya ligasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing