Jezush Ronalduni yaqin o'yin oldidan dam oldirmoqda

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu o'yinda u tarkibda bo'lmaydi.
«Jadval juda tig'iz. Shu sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning safar o'yinlarini o'tkazib yuborishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!