date

Jezush Ronalduga dam berdi va tarkibni asradi

Jezush Ronalduga dam berdi va tarkibni asradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, ushbu uchrashuvda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bilan bog‘ladi.

«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini, u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan ayrim uchrashuvlarni oldin ham o‘tkazib yuborganini ta’kidladi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va tarkibni asradi