Ronalduning boykotdan keyingi goli Elaginnni hayratga soldi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turi doirasidagi safar uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Fateh» maydonida 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdagi gollardan birini 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi — u boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin haqida futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin ham fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduz nafaqat gol urdi, balki himoyada ham faol ishladi: bir necha bor jarima maydonchasidan to‘pni uzoqlashtirdi va yuqori tezlikda harakatlandi.
Elagin ijtimoiy tarmoqlardagi postida Ronalduning jismoniy holati va ishchanligini alohida e’tirof etib, bunday formada yugurayotganini ko‘rib hayratga tushganini yozdi.
Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!