date

Al Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchining yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu bahsda u yana jamoa qaydnomasidan joy olmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Murabbiy so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Jezushning ta’kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarda uning ishtirok etmasligi ilk bor kuzatilmayapti.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o‘yini shanba kuni, 14 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi