Lionel Messi Lego’dan jahon kubogi maketini yig‘ib chiqdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlarda yangi posti bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Kadrlar orqali u Lego konstruktori yordamida jahon chempionligi kubogi maketini yig‘ib chiqqani ko‘rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messi suratga izoh qoldirib, ish yakunlanganini faxr bilan ta’kidladi. Yig‘ilgan modelning balandligi asl trofey o‘lchamlariga mos, konstruktor esa 2842 ta detalldan iborat ekani qayd etildi.
Bunday murakkab maketni yig‘ish ancha vaqt talab qilishi tabiiy. Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni: o‘tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyaga qarshi 3:3 hisobidagi jangovar durangdan so‘ng penaltilar seriyasida ustun kelgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing