Elagin Ronalduning boykotdan keyingi qaytishini olqishladi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda o‘tgan uchrashuvda «Al-Nasr» «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu urdi — u boykotdan so‘ng maydonga qaytib, darhol natija ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin yulduz portugaliyalikning o‘yiniga yuqori baho berdi. Elagin ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu nafaqat gol urgani, balki himoyada ham faol ishlagani, bir necha bor jarima maydonchasida to‘pni uzoqlashtirgani va «go‘yo boladek yugurayotgani»ni ta’kidladi.
Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 ta o‘yinda 18 ta gol urishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing