Garri Keyn 21 asrda penaltidan eng ko‘p urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Bundesligada «Verder»ga qarshi o‘yinda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘sha uchrashuvda 32 yoshli futbolchi yana bir muhim marrani ham qayd etdi — u umumiy hisobda faoliyatidagi 500-goliga yetdi.
FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) yuqorida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda «Tottenhem»dan «Bavariya» safiga o‘tgandi. U faoliyatining katta qismini London klubida o‘tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing