date

Garri Keyn 21 asrda penaltidan 100 gol urgan uchinchi futbolchi

Garri Keyn 21 asrda penaltidan 100 gol urgan uchinchi futbolchi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini golga aylantirdi. Angliyalik futbolchi Bundesligada «Verder»ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlik zarbani aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘sha o‘yinning o‘zida 32 yoshli forvard yana bir muhim marrani ham qayd etdi: Keyn jami faoliyati davomida 500 ta gol urishga erishdi.

FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) yuqorida turibdi.

Garri Keyn «Bavariya» safiga 2023 yilda «Tottenhem»dan kelib qo‘shilgandi. U professional faoliyatining katta qismini londonliklar tarkibida o‘tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 21 asrda penaltidan 100 gol urgan uchinchi futbolchi