Garri Keyn XXI asrda penaltidan eng ko'p gol urgan uchinchi futbolchi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq amalga oshirdi. Angliyalik futbolchi Bundesligada "Verder"ga qarshi o'yinda (3:0) 11 metrli zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uchrashuvda 32 yoshli forvard yana bir muhim marrani ham qayd etdi — Keyn umumiy hisobda faoliyatidagi 500-golini urdi.
FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) yuqoriroqda turibdi.
Eslatib o'tamiz, Garri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan. U karyerasining katta qismini London klubida o'tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing