date

Fransiyada Safonovni PSJ mag‘lubiyatiga ayblashmayapti

Fransiyada Safonovni PSJ mag‘lubiyatiga ayblashmayapti

L’Equipe jurnalisti Emeri Perso “PSJ”ning “Renn”ga qarshi uchrashuvidagi darvozabon Matvey Safonov o‘yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 22-tur bahsi parijliklar uchun 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Personing aytishicha, bu natijada Safonovni asosiy aybdor qilish noto‘g‘ri: birinchi gol epizodida uning aybi yo‘q, keyingi ikki vaziyatda esa u darvozadan chiqmagan bo‘lsa-da, buni faqat uning xatosi deb bo‘lmaydi.

Ekspert fikriga ko‘ra, hozir Safonovni almashtirishga shoshilmaslik kerak. Rossiyalik posbon “PSJ”ning asosiy darvozaboni bo‘lib qolmoqda va Chempionlar ligasida “Monako”ga qarshi o‘yinda ham maydonga tushishi lozim.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi saralash raundidagi “Monako” — “PSJ” ilk uchrashuvi 17-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada Safonovni PSJ mag‘lubiyatiga ayblashmayapti