date

Garri Keyn XXI asrda penaltidan eng sermahsul uchlikda

Garri Keyn XXI asrda penaltidan eng sermahsul uchlikda

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Bundesligada "Verder"ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'sha o'yinning o'zida 32 yoshli futbolchi yana bir yirik marrani qayd etdi — umumiy hisobda 500-goliga yetdi.

FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 ta gol urishga erishgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha undan oldinda faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) turibdi.

Garri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan. U professional faoliyatining katta qismini London klubida o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn XXI asrda penaltidan eng sermahsul uchlikda