Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning dam olayotganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu uchrashuvda yana tarkibda bo‘lmaydi.
Jezushning so‘zlariga ko‘ra, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy shanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin oldidan futbolchilarni asrashni ma’qul ko‘rganini ta’kidladi.
Shuningdek, Jezush bu holat yangilik emasligini eslatdi: Ronaldu Saudiya Arabistoni tashqarisida o‘tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!