date

Atletik Niko Uilyams jarohati sabab safdan chiqqanini ma’lum qildi

Atletik Niko Uilyams jarohati sabab safdan chiqqanini ma’lum qildi

Bilbao “Atletik”i vingeri Niko Uilyams hafta oxirida “Real Ovyedo”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Klub rasmiy bayonotiga ko‘ra, futbolchi yaqin o‘yinlarda ham jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Atletik” xabarida Uilyams pubalgiya muammosi tufayli tashqi mutaxassis nazoratida davolanishni boshlagani aytilgan. U maxsus dastur asosida muolaja oladi, tiklanish muddati esa jarayon dinamikasiga bog‘liq bo‘lib, hozircha aniq vaqt belgilanmagan.

Avvalroq OAV Nikoning noqulaylik bilan o‘ynayotgani haqida yozgandi. Joriy mavsumda Uilyams 26 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletik Niko Uilyams jarohati sabab safdan chiqqanini ma’lum qildi