date

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan bahsda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz futbolchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham u ro'yxatdan joy olmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin bilan izohladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush shuningdek, Ronalduning dam olishi yangilik emasligini, ayniqsa Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda u avval ham bir necha bor ishtirok etmaganini eslatib o'tdi.

Saudiya Pro-ligasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi