Mourinyo Real davri haqida gapirdi va muxlislarni esladi

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning "Real" klubidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, u "Real"da ishlagan yillarida ham muvaffaqiyatli qarorlar, ham kutilganidek chiqmagan jihatlar bo‘lgan. Shunga qaramay, Mourinyo o‘z imkoniyatining barchasini ishga solganini ta’kidladi. Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi: "Realdagi ishlarimda nimadadir yutdim, nimadadir yutqazdim, ammo qo‘limdan kelgan hammasini berdim. Real muxlislari meni hanuz hurmat qiladi va aynan shuning uchun qadrlaydi".
Mourinyo "Real"ni 2010–2013 yillarda boshqargan. O‘sha davrda "qirollik klubi" Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
17 fevral, seshanba kuni "Benfika" va "Real" Chempionlar ligasida o‘zaro uchrashadi. Avvalroq Mourinyo "Real"ga Chempionlar ligasidan chiqib ketishini tilagan, biroq La Ligada chempion bo‘lishini istaganini aytgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!