date

Klopp agenti qiziqishlar hanuz kamaymaganini aytdi

Klopp agenti qiziqishlar hanuz kamaymaganini aytdi

Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske nemis mutaxassisining faoliyatini davom ettirish bo'yicha imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. 2023/24 mavsumi yakunida “Liverpul”dagi murabbiylik ishini yakunlagan Klopp hozirda Red Bull tizimida futbol bo'limi bo'yicha global rahbar lavozimida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kositskening Transfermarkt nashriga aytishicha, Red Bullga o'tishidan avval Klopp AQSh yoki Angliya terma jamoalarini boshqarishi mumkin edi. Agentning ta'kidlashicha, agar Germaniya terma jamoasida Yulian Nagelsmann bo'lmaganida, bu yo'nalish ham ehtimoliy variant sifatida ko'rilgan.

Shuningdek, Kositske “Chelsi” va “Manchester Yunayted”dan ham takliflar bo'lganini ma'lum qildi. Biroq Klopp boshqa ingliz klubida ishlamasligini aniq bildirganiga qaramay, agent so'zlariga ko'ra, bunday qiziqishlar baribir yo'qolmayapti.

Klopp “Liverpul”ni 2015 yil oktyabridan 2024 yil mayigacha boshqargan. Uning qo'l ostida “qizillar” uzoq tanaffusdan so'ng Angliya chempionligini qo'lga kiritdi, YECHL finaliga uch bor chiqdi va turnirni bir marta yutdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klopp agenti qiziqishlar hanuz kamaymaganini aytdi