date

Klopp agenti so'rovlar hali ham davom etayotganini aytdi

Klopp agenti so'rovlar hali ham davom etayotganini aytdi

Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske germaniyalik mutaxassisning keyingi faoliyati bo'yicha bo'lgan variantlar haqida fikr bildirdi. «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi 2023/24 yilgi mavsum yakunida lavozimini tark etgach, hozirda Red Bull tizimida futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbar sifatida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kositske Transfermarkt nashriga bergan intervyusida, Red Bullga o'tishdan oldin Klopp AQSH yoki Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin bo'lganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, Yulian Nagelsmann bo'lmaganda, Germaniya terma jamoasi varianti ham ehtimoldan xoli emas edi. Shuningdek, «Chelsi» va «Manchester Yunayted»dan ham takliflar kelgan, biroq Klopp Angliyada boshqa klubni boshqarmasligini ochiq aytganiga qaramay, bunday murojaatlar baribir to'xtamayapti.

Klopp «Liverpul»ni 2015 yil oktyabridan 2024 yil mayigacha boshqardi. Uning davrida mersisaydliklar uzoq tanaffusdan so'ng Angliya chempioni bo'ldi, UEFA Chempionlar ligasi finaliga uch marta chiqdi va bir bor ushbu turnirda g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klopp agenti so'rovlar hali ham davom etayotganini aytdi