date

Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda

Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni yumshatdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning bir qator top klublari bilan aloqaga chiqib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozi sifatida ko‘rsatilgan.

Ronaldu bilan «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda