Jezush Ronalduga dam berdi, u navbatdagi o'yinda yo'q

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag" bilan bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u jamoa qaydnomasidan joy olmaydi.
Jezushning ta'kidlashicha, murabbiylar shtabi Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga tig'iz taqvim sabab dam berishga qaror qilgan. Chunki oldinda Saudiya chempionatidagi muhim "Al-Fateh"ga qarshi o'yin bor.
Mutaxassis, Ronalduga dam berish odatiy hol ekanini ham qo'shimcha qildi: bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi bo'yicha birinchi holat emas.
Saudiya chempionatida "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!