Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda qatnashmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u jamoa qaydnomasidan joy olmaydi.
«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi boshqa futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o'yin bor», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassis Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi: yulduz futbolchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba kuni, 14-fevralda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!