date

Jezush Ronaldu keyingi o‘yinda maydonga tushmasligini aytdi

Jezush Ronaldu keyingi o‘yinda maydonga tushmasligini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqin o‘yinni o‘tkazib yuborishini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi mumkinligi aytilayotgan bo‘lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, jamoa tig‘iz taqvim tufayli Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini alohida urg‘uladi.

«Ronalduga dam berish yangilik emas. Bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda qatnashmay qolishi birinchi marta emas», — deya Jezush so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronaldu keyingi o‘yinda maydonga tushmasligini aytdi