date

Golovin Monakoning PSJga qarshi ilk o'yin qaydnomasida

Golovin Monakoning PSJga qarshi ilk o'yin qaydnomasida

Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin kutilganidek «Monako»ning Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida «PSJ»ga qarshi ilk uchrashuv uchun qaydnomasidan joy oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Golovin yaqinda Fransiya Ligasi 1 doirasida «Nant»ga qarshi uy uchrashuvida (3:1) ikki bor golli uzatma muallifiga aylangandi. Joriy mavsumda u barcha rasmiy turnirlarda 25 ta o'yinda 2 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

«Monako» – «PSJ» bahsi 17 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) Monakoda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Golovin Monakoning PSJga qarshi ilk o'yin qaydnomasida