Bavariya Keyn shartnomasidagi muhim bandni ochiqladi

Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyat a’zosi Uli Xyoness Garri Keynning kelajagi haqida gapirar ekan, uning shartnomasida muhim bir jihatni ma’lum qildi. Xyonessning aytishicha, ingliz hujumchisini kelasi yozda sotib olish opsiyasini faollashtirish muddati allaqachon yakunlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Aniqlik kiritmoqchiman. Garri biz uchun katta omad. 2026 yil yoziga belgilangan tovon puli bandi endi kuchda emas, shartnoma esa 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shuning uchun hozir biz bosim ostida emasmiz”, — dedi Xyoness Bild nashriga.
2025/2026 yilgi mavsumda Keyn 35 uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Bavariya”ning navbatdagi o‘yini 21 fevral kuni o‘z maydonida “Ayntraxt”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!