date

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni yumshatdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduz futbolchi klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi arafasida Yevropaning yetakchi klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan so‘ng kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin