date

Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda, qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda, qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr" bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduz portugaliyalik futbolchi klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh allaqachon Yevropaning top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.

Bir necha yil avval OAVda Ronaldu "Manchester Yunayted"dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.

Ronaldu va "Al-Nasr" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda, qo'ng'iroqlar boshlandi