date

Argentina Yamalni to'xtatish uchun reja tuzmoqda

Argentina Yamalni to'xtatish uchun reja tuzmoqda

Mart oyi oxirida Ispaniya va Argentina Finallisimada sovrin uchun maydonga tushadi: biri Yevropa chempioni, ikkinisi esa Amerika Kubogi g'olibi sifatida. Uchrashuvga hali vaqt bor, biroq murabbiylar shtablari tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline DSports Radio'ga tayanib xabar berishicha, argentinaliklar Lamine Yamalning qanotdagi faolligini qanday cheklash ustida bosh qotirmoqda. Rejaga ko'ra, unga qarshi shaxsiy nazoratni yaxshi eplaydigan himoyachi Nikolas Talyafiko ko'proq ishlaydi, shuningdek Lionel Skaloni jismonan kuchli yarim himoya chizig'ini shakllantirib, ulardan birini Yamalga qarshi kurashga maksimal darajada yo'naltirishni ko'zlamoqda. Argentina tomoni Yamalni imkon qadar ikki futbolchi orasida qoldirishni maqsad qilgan.

Ispaniya va Argentina 27 mart kuni o'ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina Yamalni to'xtatish uchun reja tuzmoqda