Ronaldu murabbiydan muhim o'yinlargina so'radi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa safida asosan eng muhim bahslardagina maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushga murojaat qilib, OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanmaguncha uni imkon qadar kamroq o'yinlarda ishlatishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy uchrashuvlarga maksimal tayyor holatda yetib borishni va optimal sport formasini saqlab qolishni istaydi.
Joriy mavsumda Ronaldu “Al-Nasr” safida 23 o'yinda 19 ta gol urdi. Yulduzli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing