date

Ronaldu Yevropaning top-klublariga taklif qilinmoqda, Mendes qo'ng'iroq qildi

Ronaldu Yevropaning top-klublariga taklif qilinmoqda, Mendes qo'ng'iroq qildi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli hamon bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog'lanib, yozgi transfer oynasida 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida gaplar chiqqan edi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuzgacha Mendes agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.

Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top-klublariga taklif qilinmoqda, Mendes qo'ng'iroq qildi