Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan yuklamani kamaytirishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum davomida faqat eng muhim o'yinlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasi bahslarida hal qiluvchi bosqichlar boshlanguniga qadar uni imkon qadar kamroq jalb etishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy uchrashuvlarga maksimal tayyorgarlik ko'rish hamda jahon chempionatiga eng yaxshi sport formasida borishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 uchrashuvda 19 gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing