date

Dibala Messi va Ronalduning eng katta o'xshashligini aytdi

Dibala Messi va Ronalduning eng katta o'xshashligini aytdi

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatida Lionel Messi bilan ham, Krishtianu Ronaldu bilan ham bir jamoada to'p surgan. U futbol olamidagi doimiy bahs — qaysi biri kuchliroq — mavzusiga ham munosabat bildirib, aniq birini tanlashdan tiyildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dibalaning fikricha, Messi va Ronaldu texnik jihatdan turlicha: har birining kuchli tomonlari boshqa-boshqa. Biroq ularni birlashtiradigan asosiy nuqta mentalitet — ikkisi ham g'alaba uchun "yonadigan", raqobatda chekinmaydigan futbolchilar ekanini ta'kidladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri uning so'zlarini keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Messi faoliyati davomida "Oltin to'p"ni 8 marta qo'lga kiritgan, Ronaldu esa 5 bor ushbu sovrinni yutgan. Hozir Messi "Inter Mayami" safida, Ronaldu esa "Al-Nasr" klubida o'ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dibala Messi va Ronalduning eng katta o'xshashligini aytdi