date

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan uni kamroq o'ynatishni so'radi

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan uni kamroq o'ynatishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumning faqat eng muhim uchrashuvlarida maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik yulduz bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanguncha uni imkon qadar kamroq o'yinlarga jalb qilishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bahslarga maksimal tayyorgarlik ko'rish va jahon chempionatiga eng yaxshi sport formasida yetib borishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 o'yinda 19 gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan uni kamroq o'ynatishni so'radi