Iturralde Valverde va Dal to‘qnashuvi qizil kartochka dedi

FIFA toifasidagi sobiq hakam Iturralde Gonsales «Benfika»ning UYEFAga yo‘llagan hakamlik bo‘yicha e’tiroziga munosabat bildirdi. Chempionlar ligasi pley-offidagi Madridning «Real»iga qarshi o‘yinda 82-daqiqada Federiko Valverde Samuel Dalga nisbatan qo‘pollik qilgan epizodda referi uni maydondan chetlatmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Iturraldening fikricha, bu vaziyat aniq qizil kartochkaga tortardi. «Bu — qizil kartochka. U hech qanday sabab yo‘q paytda zarba berdi. Raqibni to‘liq urib ketmagan bo‘lsa ham, Valverdeni o‘chirib yuborish kerak edi», — deya sobiq arbitrning so‘zlarini AS nashri keltirdi.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi UYEFA Chempionlar ligasi styk bahslari doirasida o‘tkazildi. Madrid klubi Vinisius Juniorning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!